Rasmlar va joylashtirilgan elementlar
Turkion maqolasiga rasm qo‘shishdan oldin fayl manbasini, muallifini va foydalanish shartlarini tekshiring. Muqobil matn (alt) tasvirda nima ko‘rsatilganini qisqa tushuntirishi kerak.
Markdown yordamida rasm
Rasmning saytdagi manzilini () ichiga, tasvir tavsifini [] ichiga yozing. Quyidagi mahalliy fayl misol sifatida ishlatiladi.


O‘lchamni belgilash
Ko‘rsatish o‘lchami yoki boshqa atribut kerak bo‘lsa, :img komponentidan foydalaning. src fayl manzili, alt muqobil matn, height esa ko‘rsatiladigan balandlikdir.

:img{src="/miniatures-web/timurid/Building_Samarkand_Mosque.jpg.webp" alt="Samarqand masjidi tasviri" height="150"}
Tashqi sahifani joylashtirish
:iframe tashqi sahifa yoki videoni maqola ichida ko‘rsatishi mumkin. Manzil, sarlavha va joylashtirishga ruxsatni oldindan tekshiring. Muhim ma’lumot faqat tashqi oynada qolmasin: matnda ham qisqacha bayon qiling va oddiy havola bering.
:iframe{src="https://example.org/embed/example" title="Tashqi material" style="aspect-ratio: 16/9;"}
Bu sintaksis namunasidagi example.org haqiqiy media manbasi emas. Joylashtirishdan oldin uni foydalanishga ruxsat berilgan haqiqiy manzilga almashtiring.